ONALIK SAODATI – OLIY ShARAF

24 yillik tarix, istiqlol davri. Mazkur davr mobaynida xalqimiz ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Buning asosiy sababi esa mamlakatimizda fuqarolarning turmush tarzini yuksaltirish va yashash sharoitini yaxshilashga qaratilayotgan keng miqyosli ishlarning yo‘lga qo‘yilganidir. Birgina kishilar sog‘lig‘ini ta’minlash, ona va bola salomatligini asrash borasidagi islohotlarning chek-chegarasi yo‘q. Fikrimizning isboti sifatida istiqlol yillarida onalar va bolalar o‘limining keskin kamayganini aytish mumkin.

Prezidentimiz rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad aholi salomatligini muhofaza qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishdir. Bu yo‘nalishdagi ezgu ishlar “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturining muhim yo‘nalishi bo‘lib, uning ijrosi doirasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shahar va tumanlarda barcha nuroniy otaxon va onaxonlar malakali shifokorlar ishtirokida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotir. Oldinlari bemorga birgina tashxis qo‘yish uchun haftalab vaqt ketgan bo‘lsa, hozir ona qornidagi homilaning ham kasali aniqlanib, uni davolash imkoni mavjud bo‘ldi. Bu albatta, bolajon xalqimizning xotirjam hayot kechirishi uchun zamin hozirlaydi.

Darhaqiqat, chaqaloq yig‘isi eshitilgan go‘shada baxt va shodlik, fayz va nur kirib keladi. Onalik baxtidan masrur qalbda yashashga, oilaga va umr yo‘ldoshiga nisbatan mehr-muhabbat rishtalari mus­tahkamlanadi. Go‘dak kulgusi va shodliklari ufurgan xonadon ahlining quvonchiga-quvonch qo‘shiladi.

Agar buning aksi bo‘lsa-chi? Ammo har qanday dardning davosi bo‘lganidek, bepushtlikni ham bartaraf etsa bo‘ladi. Mustaqillik yillarida bu xastalikning ham ko‘plab sabab va omillari o‘rganildi va bartaraf etib kelinmoqda. Tibbiyot muassasalarining zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanishi, ko‘plab xususiy klinikalarning samarali faoliyat yuritayotgani ham bu borada dasturilamal bo‘layotir.

Yurtboshimiz “Sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish degani” deya ta’kidlagan so‘zlari tizimdagi ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi.

Ko‘p yillik tajribalari davomida minglab xotin-qizlarga onalik baxtini baxshida etib kelayotgan shahrisabzlik “Sog‘liqni saqlash a’lochisi”, oliy toifali akusher-ginekolog Sayfulla Islomov faoliyati fikrimiz tasdig‘idir.

Bugungi kunda Qashqadaryo viloyat Shahrisabz tumanida onalar salomatligini muhofaza qilish, ayolga onalik baxtini in’om etish, sog‘lom farzandning dunyoga kelishi yo‘lida ezgu faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Ibn Sino nomidagi xususiy klinikasi ana shunday tibbiy muassasalardan hisoblanadi.

Yana o‘qing:  Kitobsevarlar maskani

Sayfulla Islomov maktab davr­laridayoq shifokorlik kasbiga mehr qo‘ydi, oq xalatli haloskorlarga havas bilan boqdi. Uning samimiy orzulari shu kasbni egallashga ruhlantirdi. Tibbiyot akademiyasini (Sobiq Toshkent tibbiyot instituti) tugallagach. U Shahrisabz tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limida ilk faoliyatini boshladi. U tirishqoq va izlanuvchanligi, iqtidorliligi bilan jamoada o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘ldi. Tajribali ginekolog ko‘p yillar bo‘lim mudiri va 28 yil tuman bosh ginekologi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.

– Istiqlol yillarida tibbiyot sohasida servis xizmatining yo‘lga qo‘yilishi 1999 yilda xususiy Ibn-Sino nomidagi klinikani ochishimga turtki bo‘ldi. Ginekologik kasalliklari bor xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish, bepushtlikni davolash, farzandsiz ayollarga onalik baxtini in’om etish yo‘lida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgan klinikamizda bugungi kunda 24 nafar shifokor-mutaxassis va hamshiralar faoliyat yurityapti. Davolanish uchun keng va yorug‘, barcha shart-sharoitlarga ega xonalarimiz bor. Muassasa zamon talablari darajasidagi tibbiy jihoz va asbob-uskunalar bilan jihozlangan. E’tiborlisi, Ustoz-shogird an’analariga amal qilgan holda bu sharafli kasbni davom ettirib kel­yapmiz. Ayni payt­da, to‘ng‘ich farzandim, ginekolog Asqar Islomov klinikaning bosh shifokori. Umr yo‘ldoshim Nazira Rustamova fizioterapevt, qizim Nargiza Islomova doyalik kasbini egallagan, – deydi klinika direktori Sayfulla Islomov.

Ha, oilaviy shifokorlar sulolasi bo‘lishga nima yetsin. Bugungi kunda 3 qavatli binodan tashkil top­gan klinikadagi 2 ta shifokorlar xonasi, 14 ta shinam davolanish xonasi, 2 ta lyuks xona, 2 ta ko‘ruv va 2 ta muolaja xonasi, 4 ta sterillash, 3 ta fizioterapiya xonalari, qabulxona, dam olish, kiyinish, yuvinish kabi ko‘plab xonalar davolanuvchilarning xizmatida.

O‘tgan yilda Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank”dan olingan kredit asosida klinikada zamonaviy laboratoriya va gematologik tekshiruvlarning yo‘lga qo‘yilgani bemorlarga to‘g‘ri va aniq tashxis qo‘yishni ta’minlash bilan birga, ortiqcha sarf-xarajat va ovoragarchiliklarga ham chek qo‘ydi. Buning natijasida, qon va peshob tahlillari, shuningdek, immunoferment, garmon, Torch infeksiyasi va B,S gepatit kabilarni aniqlashga ham imkon yaratildi.

Ayni paytda, tajribali sulola rahbarligida faoliyat ko‘rsatayotgan ginekolog Shahlo Temirova, laborant Ravshan Ochilov, hamshiralar Charos To‘rayeva, Barno Olmosova, Sevara Shernazarovaning xush muomalalaridan nafaqat tuman aholisi, balki respublikamizning boshqa viloyatlaridan shifo topib ketmoqdalar.

Yana o‘qing:  Tutak ota rivoyati

– 10 yil farzandsizlikdan qiynaldik. Shu klinikada davolanganimdan so‘ng onalik baxtiga muyassar bo‘ldim. Tajribali ginekologlar Sayfulla va Asqar Islomovlarning malakali xizmati tufayli oilamizga quvonch kirib keldi. Buning uchun ulardan bir umrga minnatdorman, – deb yozgan Yakkabog‘ tumanida yashovchi Dildora Suyunova.

Qaydnoma daftariga bildirilgan bunday minnatdorlik dastxatlarining egalari farzand ko‘rgach Sayfulla akadan oq fotiha olib ketadilar.

Ha, dunyoda har nedan bebaho – salomatlik hayot va tiriklik asosini tashkil etadi. Demak sog‘lom onalardan sog‘lom farzandlar tug‘iladi. Sog‘lom farzandlar esa bir kun kelib, voyaga yetgach shu ona Vatanning tayanchi va faxriga aylanadilar.

Zero, millatning kelajagi, g‘ururi, sha’ni va shoni bo‘lgan kelajak avlodlarning sog‘lom tug‘ilishi bizning baxtimizdir. Ana shunday ezgu yo‘lda sharafli kasbini ardoqlab mehnat qilayotgan fidoyi shifokorlar omon bo‘lishsin!

Maryam AHMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: