Aholi salomatligiga kamarbasta

Istiqlol yillarida barcha sohalarda bo‘lgani kabi tibbiyotda ham ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritmoqdamiz. Ayniqsa, viloyatlar, olis qishloqlarda ham tibbiyot markazlarining samarali mehnati tahsinga sazovor. Avvallari og‘ir xastalik bilan og‘rigan bemorlarga shahar shifoxonalariga yo‘llanma berilgan bo‘lsa, endilikda poytaxtdagidek shart-shoritlar barcha hududlarda yaratilgan. Birgina, Qarshi shahar Tibbiyot birlashmasining tizimli faoliyati aholi salomatligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

“Kasalni dori bilan emas, shirinso‘z bilan davolagan ma’qul” degan edi Gippokrat. Ana shu aqidaga amal qilgan holda samimiy munosabat, ochiq chehra bilan bemorlar ruhiga tetiklik va ishonch bag‘ishlab, davolashda muvaffaqiyatga erishayotgan markaz xodimlari hamisha elning duosida.

– Muassasamizda intizom va ishga mas’uliyat birinchi o‘rinda turadi, – deydi tibbiyot birlashmasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Adham Usmonov. – Sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirish, ularni jismonan baquvvat voyaga yetkazish, oilada sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, ona-bolalik muhofazasi, yoshlarni alkogolizm va giyohvandlik kabi illatlardan asrash biz tibbiyot xodimlaridan fidoiylikni talab etadi. Shu bois markazdagi har bir shifokor o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadi. Shu kungacha shifo istab kelgan bemorlarning salomatligi 99 foiz yaxshilandi deb ayta olaman.

Darhaqiqat, markaz faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgani bois uzluksiz xizmat ko‘rstadi. Mavjud shart-sharoitlar ham a’lo darajada. “Salomatlik-3” lo­yihasi doirasida shahar tibbiyot birlashmasiga eng zamonaviy flyurografiya-rentgen apparatlari, raqamli ultratovush skaneri, bioximik analizator, funksional monitor kabi tibbiy asbob-uskunalarni bosqichma-bosqich yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, loyihaning yana bir rejasi mazkur shifo maskanlari mutaxassislari kasbiy ta’lim yo‘nalishida o‘qitib kelinayotgani ham birlamchi tizim faoliyatida samarali natijalar bermoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash muhimki, tibbiyot muassasasiga so‘ng­gi rusumdagi apparatlarning kirib kelishi inson salomatligi uchun qator qulayliklarni yaratib bermoqda.

Yana bir quvonarli jihati shundaki, 2014 yilning may oyidan boshlab birlashma tasarrufida ishga tushirilgan 3 ta kattalar va 3 ta bolalar poliklinikasi aholi salomatligi yo‘lida xizmat qilayotir. Poliklinikalarda ham oliy toifali shifokorlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilda 411 nafar urush va mehnat faxriylari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga malakali yordam ko‘rsatildi. 212 nafar nuroniy va 18 nafar urush faxriylariga sanatoriy-kurortlarga yo‘llanma berildi.

Yana o‘qing:  ALLERGIK KASALLIKLARDA PARHEZ

SHU O‘RINDA

Mazkur tibbiyot markazi 135 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hududdagi 258 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi. 207 nafar xodimlarning 32 nafarini oliy ma’lumotli shifokor-mutaxassis, 2 nafari tibbiyot fanlari nomzodi, 96 nafari esa o‘rta maxsus ma’lumotga ega.

Maryam AHMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: