Atrof-muhit muhofazasiga BARCHAMIZ MAS’ULMIZ
Toshkentda “Atrof-muhitni muhofaza qilish, joylarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda aholi faolligini kuchaytirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlari guruhi va O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning barqaror rivojlanishi, aholi salomatligini asrashda atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Aholining ma’nan boy va sog‘lom hayotini ta’minlashga atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, mavjud ekologik muammolarni hal etishga jamoatchilikni keng jalb qilish orqali erishish mumkin. Shu maqsadda mahallalarda ekologiya va tabiatni muhofaza qilish komissiyalari shakllantirilib, ular hududda atrof-muhit barqarorligini ta’minlash, obodonlashtirish tadbirlarida faol ish olib borayotir.
Tadbirda fuqarolik jamiyatida ekologik nazoratning o‘rni va roli, ekologik nazoratning asosiy tamoyillari kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
V. PO‘LATOVA