V GEPATITI KASALLIGIGA QARSHI YANGI USUL

Avstraliyaning “Walter and Eliza Hall” instituti mutaxassislari Birinapant deb nomlanuvchi xavfli o‘smalarga qarshi yangi dori yaratishdi.

Mazkur dori V gepatiti kasalligini batamom yo‘qotish xususiyatiga ega. Dori iste’mol qilingach u viruslarga qarshi kurashib, kasallangan jigar to‘qimalarini davolaydi, sog‘lik uchun esa zararli emas. Bu muolajadan so‘ng V gepatiti kasalligidan butunlay forig‘ bo‘lish mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumot berishicha bugungi kunda sayyoramizda ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlar 350 milliondan ortiq. Har yili bu kasallik bilan 7000 nafar inson vafot etadi.

Mazkur dori vositasining muvaffaqiyatli ta’siridan so‘ng tadqiqotchilar sil va OIVga chalingan bemorlar uchun dori yaratishni rejalashtirishgan.

Shohinur MIRZAYEV

Yana o‘qing:  Sepsisga yengil qaramang

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: