“AQLLI TARELKA” YARATILDI
“Fitly” kompaniyasining sog‘lom ovqatlanish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislari ovqatlanish uchun maxsus idish yaratishdi. Bu ovqatlanish idishining o‘ziga xosligi shunda-ki, u tanovul qilinayotgan oziq-ovqatning energetik quvvati (kaloriya)ni belgilab beradi.
“Aqlli tarelka” 3 kameradan iborat, idishdagi har bir kamera ovqat miqdorini aniqlagach uni boshqa qurilmaga uzatadi. Qurilma ovqatning miqdori va tarkibini aniqlab bo‘lgach, kaloriyani hisoblash maqsadida Wi Fi va bluetooth orqali ma’lumotlarni I phone va Android uchun yaratilgan maxsus dasturlarga jo‘natadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha ishlab chiqilgan qurilma 99 foizi aniqlikka ega bo‘lib, u insonlarga parhez qilishni kuzatib borishda katta samara beradi.