Sport xabarlari (2015-29)

KURASH

Myanmada erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yosh polvonlarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning yunon-rum kurashi bo‘yicha vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarida Javohir Mirahmedov Osiyo chempioni bo‘ldi. Vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Aram Vardanyan kumush, 60 kilogramm vazn toifasidagi kurashchilar o‘rtasida Zayniddin Qamariddinov bronza medal bilan taqdirlandi.

Xotin-qizlar kurashi bo‘yicha vazni 63 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida hamyurtimiz Xolbozor Norboyeva ikkinchi o‘rinni egalladi.

Vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurash ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan Hojiakbar O‘tkirov bronza medalga sazovor bo‘ldi.

YeNGIL ATLETIKA

Ispaniya poytaxti Madrid shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan “IAAF World Challenge Meetings” turkumidagi xalqaro turnirda hamyurtimiz Svetlana Radzivil kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Tajribali sportchimiz balandlikka sakrash bahslarida 1, 94 metr natijaga erishib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Svetlana bu natijasi bilan 2016 yil Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini beruvchi me’yorni bajarib, har to‘rt yillikning nufuzli musobaqasida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, S. Radzivil XXXI Olimpiya o‘yinlariga yo‘l oladigan ikkinchi yengil atletikachidir. Ungacha marafonchi Sitora Hamidova Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Sherzod ABDULLAYEV

Yana o‘qing:  Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: