YOZ QO‘YNIDA YAYRAYMIZ

Bolalar dunyosi sirli va beg‘ubor. U hamisha o‘zining munavvar olamida nimalarnidir kashf etgisi, yuksaklikka intilgisi keladi. Oila kattalari esa bolaning iqtidori va qobiliyatiga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib borishi, uning o‘y-fikrlaridan doimo boxabar bo‘lib turishi lozim. Bunday tarbiyaviy jarayon bolaning kichikligidan boshlagani maqsadga muvofiqdir. Jamiyat va oila ravnaqi yo‘lidagi e’tiborsizlik katta ko‘ngilsizliklarga olib kelishi mumkin. Zero, sog‘lom va barkamol, komil farzand jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi.

Yangiyo‘l tumanidagi “Kichkintoy” nomli 10-maktabgacha ta’lim muassasasida kelajagimiz vorislari bo‘lmish bolajonlarning har tomonlama sog‘lom bo‘lib kamol topishlari, sho‘x-shodon, zukko va dunyoqarashi keng bo‘lib ulg‘ayishlari uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rib, ko‘ngil quvnaydi.

Gulbahor shaharchasi “Ahil” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan muassasada 280 nafar bola 12 ta guruhda tarbiyalanadi. Ularning ta’lim-tarbiya olishlarida mas’ul bo‘lgan 15 nafar pedagog-tarbiyachilar bolajonlarning har biri bilan alohida shug‘ullanishadi. Bola ruhiyati, istak va xohishini e’tiborga olgan holda turli o‘yin va multimediya hamda ko‘rgazmali qurollar, kompyuter texnologiyalari, sport va musiqa kabi turli usullar bilan bolajonlarga bilim berib borishadi.

– “Sog‘lom bola yili” davlat dasturiga binoan bolajonlarning sifatli ta’lim olishlari, ijtimoiy tafakkurda yetuk, har tomonlama kamol topib, sog‘lom voyaga yetishlari biz pedagog-tarbiyachilardan ularning tarbiyasiga psixologik nuqtai nazardan yondoshishni talab etadi, – deydi MTM mudirasi, xalq ta’limi a’lochisi Muhayyo Sharobboyeva.

Muassasada bola shaxsini shakllantirishga yordam beradigan o‘yin va mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Mashg‘ulotlar “Kim yangi o‘yinlarni o‘ynashni xohlaydi? “ – degan so‘z bilan boshlanib, qizg‘in o‘yin va chaqqon harakatlarga bog‘lanib ketadi. Bolajonlar ayni yoz mavsumida ota-onalar homiyligida ta’mirdan chiqarilgan “Sog‘lomjon-polvonjon” va “Ertaklar olami” maydonchalarida yayrab, yozgi hovuzda miriqib cho‘milyaptilar. Betakror dizaynlar asosida bezatilgan 12 ta o‘yin maydonchalarida bolajonlar mashg‘ulot, hamda o‘yinlar o‘tkazishsa, tashkil etilgan to‘garaklarda bolalar zehn va iqtidorini charxlab, shaxmat-shashka, tennis, gimnastika kabi sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishmoqda.

Maydonchadagi maxsus yo‘laklarda bolajonlarni yalangoyoq holda chiniqtirish ulardagi yassioyoqlilikning oldini olishga yordam bermoqda. Tarbiya ishlarining rejali va samarali kechishida bolajonlarga mehr bag‘ishlayotgan pedagog-tarbiyachilarning mahorati qo‘l kelmoqda.

Yana o‘qing:  Cho‘girma haqida nima bilamiz?

Maryam AHMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: