TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI

Poytaxtimizda VIII innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 19-21 may kunlari bo‘lib o‘tgan VIII innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari hamda boshqa tashkilotlarning yuzdan ziyod ilmiy va ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik tashkilotlari, ixtirochilar va xususiy korxonalar tomonidan taqdim etilgan 600 dan ortiq ilmiy-amaliy ishlanmaning 400 ga yaqini ilk bor namoyish etildi.

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ijodiy tafakkur va yaratuvchilik salohiyatini rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan e’tibor o‘z samarasini bermoqda. Yarmarkada yosh olimlar, talabalar va “Yoshlarning innovatsion g‘oyalari” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarining 70 ta ishlanmasi namoyish etildi. Shuningdek, yarmarka doirasida AQSH, Germaniya, Italiya, Fransiya, Yaponiya, Gretsiya, Polsha, Rossiya kabi davlatlar, qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob qaytardi.

V. PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Nafosat va shijoat ko‘rigi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: