MADANIY SAYOHAT

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman kengashi tomonidan “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida partiyada uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan yoshi ulug‘ insonlar uchun mamlakatimizning ko‘hna va navqiron Samarqand va Buxoro shaharlariga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida partiya a’zolari tomonidan viloyatlarda madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar, milliy g‘oyani shakllantirish va mustaqillik mafkurasini mustahkamlash, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish borasidagi vazifalar to‘g‘risida davra suhbatlari tashkil etildi.

Shuningdek, Amir Temur maqbarasi, Xizr xo‘ja, avliyo Doniyor maqbarasi, Bibixonim madrasasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, qadimiy va zamonaviy obidalarni zo‘r qiziqish bilan kuzatdilar. Sayyohatning ikkinchi kunida partiya a’zolari Buxoro viloyatidagi qadimiy qadamjolarni ziyorat qilib, viloyatdagi iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar bilan tanishdilar. Ularda yurtimizning boy tarixi, istiqbolli kelajagi, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari katta taassurot qoldirdi.

X. MIRZAJONOVA,

O‘zMTDP O‘rtachirchiq tumani Kengashi raisi

Yana o‘qing:  TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: