TARVUZDAN AJOYIB YOZGI TORT
Yozda tarvuzdanda yaxshiroq chanqoqbosdi nima ham bo‘lishi mumkin? Undan tort qilinishiga nima deysiz?! Bor-yo‘g‘i bir nechta masalliqlardan foydalanib, tarvuzdan ajoyib yozgi desert tayyorlash mumkin.
Kerakli mahsulotlar: 1 dona tarvuz, 1 stakan qaymoq, 2 choy qoshiq vanilin, shakar kukuni, 0, 5 stakan maydalangan bodom, 1 stakan o‘zingiz sevgan mevalardan.
Tayyorlanishi: Tarvuzga tort shaklini berib, po‘stidan tozalanadi. Qaymoqni mikser yordamida ko‘pirtirib krem quyuqlasha boshlaganda, vanilin, so‘ngra shakar kukunini qo‘shiladi. Qaymoqdan quyuq ko‘pik hosil bo‘lmagunicha ko‘pirtirishda davom ettirasiz. Avval tayyorlab qo‘yilgan tarvuzga ko‘pirtirilgan qaymoqni surib, chetlariga bodom sepiladi. antiqa tortning ustini mevalar bilan bezaymiz. Desert tayyor uni dasturxonga tortish mumkin. Yoqimli ishtaha!
GULOYIM