Gul faslini gulzor aylang

Donolar yoshlikni umr chamanzoriga qiyoslashadi. Darhaqiqat, bu faslda kuch-g‘ayrating jo‘shib ne-ne muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishing mumkin. Har bir daqiqasi g‘animat bo‘lgan ana shu beqiyos faslning o‘tayotgan farahbaxsh kunlaridan unumli foydalanayotgan E’zoza Alimova Guliston shahridagi 1-akademik litseyda tahsil olmoqda.

Sportning shotakan karate-do turi bilan jiddiy shug‘ullanib kelayotgan E’zoza 2014-yilda 15-18 yoshli o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida II o‘rinni egalladi. Shuningdek, kattalar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida faxrli III o‘rinni qo‘lga kiritgan qiz malakali murabbiylari yordamida yana yangi musobaqalarga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Iqtidorli qiz o‘quv dargohining faxri hisoblanadi. U Respublika “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkazilgan “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar respublika tanlovi ishtirokchisi. Birgina bu emas, E’zoza Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tashkil etilgan Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Vatanimga tayanch bo‘laman” mavzusidagi respublika insholar tanlovida uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Uning bir qator she’rlari respublikamizning turli nashrlarida chop etilgan.

– “Izlagan imkon topadi”, – degan naqlga amal qilib ko‘plab natijalarga erishayotgan tengdoshlarimga doimo havas qilganman. Ota-onamning, mehribon ustozlarimning qo‘llab-quvvatlashi bois o‘z iqtidorimni namoyon qilish sharafiga muyassar bo‘ldim. Buning uchun ularga hamisha rahmat aytaman, – deydi E’zoza ko‘zlari quvonchdan porlab.

Ha, E’zoza bugun ham sportni ham ijodni birdek ardoqlashga intilib kelmoqda.

Buni uning “Yangi avlod” nomli she’ridagi quyidagi satrlardan ham bilish mumkin.

Яна ўқинг:  БОЙСУННИНГ БАХТИЁР ФАРЗАНДИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: