“G‘UNCHA” BILAN UCHRASHUV

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 297-maktabda bolalarning sevimli “G‘uncha” jurnali jamoasi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda jurnalning bo‘lim muharriri Zahro Hasanova, Shahnoza Karimova, Uchtepa tumani Xalq ta’limi bo‘limi vakili Shohista Majidovalar ishtirok etishdi. Uchrashuvni “Yangi avlod” respublika ko‘rik tanlovi saralash bosqichi g‘olibi, 3-sinf o‘quvchisi Diyora Zokirjonova chiroyli hindcha raqsi bilan boshlab berdi. Maktab raqs to‘garagi rahbari Guli G‘ulomova tayyorlagan qizlar guruhi raqslari ham kelgan mehmonlar va o‘quvchilarga xushkayfiyat bag‘ishladi. Qiziqarli savol-javoblar, yaxshi she’r va topishmoqlarni yod olgan bolalarning faol ishtiroki ularning bilimga chanqoq ekanligini ko‘rsatdi.

Uchrashuv so‘ngida maktab rahbari Zulxumor Azimova, o‘qituvchilar Shahnoza Yakubova, Fasohat Odilova, Roziya Sharopova va Malika Mirhidoyatovalar, bu singari tadbirlar bolalarning ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim ekanligini aytib o‘tishdi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  HALOLLIKDAN HIKMAT IZLAB

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: