BOSH QOMUSIMIZ: YOSHLAR E’TIROFI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan ta’lim, madaniyat sohasi vakillari, huquq-tartibot idoralari xodimlari va san’atkorlardan iborat targ‘ibot guruhlari Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlarga keng tushuntirish maqsadida o‘quv muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda tadbirlar o‘tkazmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtimizning Hamza tumanidagi 156-maktabda ochiq dars shaklida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg‘armasi vakillari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Dars davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ijtimoiy ahamiyati, huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi tutgan o‘rni, ushbu hujjatda mustahkam kafolatlangan fuqarolarning burch va erkinliklari, haqida ma’ruzalar tinglandi. Shu jumladan, Bosh qomusimiz yuzasidan istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish borasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hususida so‘z yuritildi.
Tuhfaniso ORTIQOVA