GIPERTONIYAGA QARSHI MUSIQA!

Musiqa kayfiyatni ko‘tarish bilan bir qatorda, inson organizmini davolash xususiyatiga ega.

Buyuk britaniyalik olimlar to‘g‘ri tanlangan klassik musiqa arterial bosimni tushirish xususiyatiga ega deb ta’kidlashmoqda.

Inson organizmi ritmiga mos keluvchi musiqa asarini arterial bosim va yurak ritmini nazorat qilishda qo‘llash mumkin.

Ekspertlarning aniqlashicha, 10 soniyada takrorlanib turuvchi musiqali ritm arterial bosimni tushiradi va yurak ritmini nazorat qiladi. Mutaxassislar bu turdagi musiqalar ro‘yxatiga Betxovenning “9-simfoniya”si, Juzeppi Verdining “Va Pensiero” va Jakoma Puchchining “Nessun Dorma” kabi musiqiy asarlarni kiritishdi. Frans Shuberning lotin tilidagi “Ave Maria” ashulasini eshitish jarayonida ham quyidagi foydali ta’sir seziladi, ammo qiziqarli jihati shundaki uning tarjima variantini eshitganda bu ta’sir o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

Mazkur musiqalarga qarama-qarshi ravishda pop va rok musiqalari yomon ta’sir qilib hatto, arterial bosimni ko‘taradi.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Ko‘p mehnat qilish o‘z ishini yoqtiradiganlar uchun xavfli emas

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: