“ChUMOLI UYASI”

Zarur mahsulotlar: 500-600 gr. oddiy uvalanadigan pechenye, 1 banka qaynatib quyultirilgan sut, 100 gr. saryog‘, 2 osh qoshiq smetana, ta’bga ko‘ra mayiz, yong‘oq yoki shokolad ham qo‘shish mumkin.

Tayyorlanishi: pechenyeni o‘rtacha kattalikda maydalaymiz. Yumshagan saryog‘ni smetana va quyultirilgan sut bilan yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor bo‘lgan masalliqni pechenye bilan aralashtiramiz. Shu bosqichda ta’bga ko‘ra mayiz, yong‘oq yoki shokoladni ham qo‘shib yuborish mumkin. Tayyor “xamir”ni likopga tog‘day qilib uyub qo‘yamiz. Ko‘rk berish uchun ustiga maydalangan pechenye yoki shakar upasi sepish mumkin. 30-40 daqiqaga sovutgichga qo‘yamiz.

Tort tayyor bo‘lgach, uni to‘rtburchak shaklida kesib, choy bilan tanovul qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!

BEGOYIM

Yana o‘qing:  Tvorogli pirog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: