QIYMATI QIMMAT KOMPYUTER

Germaniyaning Kyoln shahridagi kimoshdi savdosida Apple I kompyuteri sotildi, deya xabar bermoqda n-tv.de. Ismi oshkor etilmayotgan xaridor qurilma uchun 400 ming yevro to‘lagan.

Auksion tashkilotchilari kompyuterni 120-200 ming yevroga baholashayotgan edi. Taqqoslash uchun, 2010 yilgi Christie’s auksionidagi savdolarda Apple I uchun taxminan 165 ming yevro qo‘lga kiritilgan edi, 2012 yilning iyunida esa Sotheby’s auksionida yana bir shunday kompyuter 290 ming yevroga sotilgandi.

Apple I ilk bora 1976 yilda ishlab chiqarilgan va u Apple kompaniyasining eng birinchi kompyuteri hisoblanadi. Kompyuterni kompaniya asoschilaridan biri – Stiv Voznyak ishlab chiqqan va yiqqan.

Kompyuter plata ko‘rinishida 666,666 dollarga sotilgan (qurilmaning bahosi, afsonalarga ko‘ra, “qaytariluvchi raqamlar”ni yaxshi ko‘radigan Voznyak tomonidan belgilangan), foydalanuvchi qo‘shimcha sifatida unga korpus, ekran, klaviatura va quvvat manbasini sotib olishi kerak bo‘lgan.

Umumiy hisobda, Voznyak va Stiv Jobs taxminan 200ta kompyuter sotishga muvaffaq bo‘lishgan. Bugungacha ulardan 43tasi saqlanib qolgan, biroq olti donasigina (ulardan biri Kyolnda sotildi) ishlaydi, xolos.

Yana o‘qing:  OSMONIMIZ MUSAFFO BO‘LSIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: