Umidli satrlar (2012/49)
QOMUSIMIZ
Mod da, bo‘lim, bobida,
Qonunlarni o‘rnatdik.
Unga amal qilmoqni,
To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdik.
Ozoddir Vatanimiz,
Xalqimiz himoyada,
Tinchligimizni saqlar,
Erkin fikr g‘oyada.
Zilola G‘ANIYEVA,
“Nafis g‘unchalar” to‘garagi a`zosi.
OFTOBIM
Qomusimiz faxrimiz,
Qonunlarning egasi.
Shundan farovon erur,
Yurtim bugun, ertasi.
Anglatar huquqimiz,
Taniymiz haqimizni.
Himoyachisi erur,
U mudom xalqimizning.
Orastabonu TILOVBERDIYEVA,
Toshkent shahri, 229-maktab, 7-sinf o‘quvchisi
YO'LCHI YULDUZ
Ta`riflamoq uchun so'zlarim bisyor,
Elu yurt g'ururi qomusimiz bor.
Satriga bitilgan xalq himoyasi,
Shu bois baxtimiz iqbolimiz yor.
O‘qib o‘rganamiz har bir bobini,
Bizga yo‘l ko‘rsatar haq-huquq tomon.
Nurlarga chulg‘angan u yo‘lchi yulduz,
Yo‘limiz yoritar shu`lasi har on.
Muborak TOSHXONOVA,
“Nafis g‘unchalar” to‘garagi a`zosi
BOBOJONIM
Bobojonim mehrlari mehrigiyo,
Har tong bizni duo qilar so‘zlab mayin.
Atrofida o‘ltiramiz jam bo‘lishib,
Bolam, bo‘tam, – deya maqtab qo‘ygan sayin.
Baxtimizga omon bo‘lsin bobojonim,
Ular bizga azizdirlar juda-juda.
Yonlaridan ketgim kelmas so‘zlaganda,
Yordamchiman men ularga ish avjida.
Umida SHODIYEVA,
Qarshi shahri, 20-maktabning 7-sinf o‘quvchisi
O‘ZBEKISTON
Ona diyor O‘zbekiston,
Gulga to‘la hur guliston.
Jannat misol yashnagaysan,
Mudom ko‘rkam yashagaysan.
Tuprog‘ing zar, tinchlikmakon,
Istiqloling berdi imkon.
Shukrona, yetkazdi bizni,
Bilmoqqa o‘zlikni, o‘zni.
E`zoza SHODIYEVA,
Qarshi shahridagi 20-maktabning 4-sinf o‘quvchisi
MENING BAXTIM
Maktabdan kelgan chog‘im,
Kulib qarshilar oyim.
Ukalarim birma-bir,
Salom berishar doim.
Buvim tutar shirin choy,
– Ichib olgin Hulkaroy.
Bobom sochlarim silar,
Kundaligimni so‘rar.
Bizni deb doim yelar,
Dadam ham ishdan kelar,
Oilamiz jamul-jam,
Bir-birimizga hamdam.
Ana shu mening baxtim –
Vatan ichra Vatanim.
Hulkaroy O‘ROLOVA,
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, 1-akademik litsey o‘quvchisi