BIZ DUNYOGA YUZ TUTDIK

Azim Toshkentning go‘zal va so‘lim ko‘chalarini kezar ekanman, atrofga nazar solib, baxt atalmish eshik kalitini tutgan ko‘plab oilalarga ko‘zim tushdi. Qarshimdan kelayotgan nuroniy otaxon nabirasining adoqsiz savollariga erinmay javob qaytarmoqda. Yonimda turgan ayol esa farzandining favvoralar qarshisidagi zavqini ko‘rib bir olam quvonchga to‘ladi.

Bunday tinch-totuv hayotning asosini mustahkamlab turguvchi Bosh Qomusimiz qabul qilinganiga yigirma yil to‘ldi. Uning har bir bobi, har bir moddasi xalq farovonligi va manfaatlarini himoyalashga xizmat qiladi. Istiqlol tufayli erishgan barcha yutuqlarimiz zamirida yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati mujassam. Biz dunyoga yuz tutdik. Dunyo bizni tanidi. Endi o‘zbek degan nom ko‘plab tillarda jaranglamoqda. Shunisi quvonarliki Bosh Qomusimiz biz yoshlarni har tomonlama himoya qilib, ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochgan.

Bir so‘z bilan aytganda Konstitutsiyamizda belgilangan huquqiy asoslar yurt tinchligi va farovonligining kafolatidir.

Malika TO‘YCHIYEVA,

Sergeli tumandagi 284-maktab o‘quvchisi.

Яна ўқинг:  Sirdosh qalamlar

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: