Interaktiv o‘yinlar o‘quvchini darsda faol bo‘lishga undaydi

O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablaridan biri ta’lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini keng qo‘llash, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda o‘qitishni jadallashtirish sanaladi.

Shu maqsadda bugungi kun o‘qituvchisi oldida o‘quvchilarga yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tadigan, ijodkor, izlanuvchan o‘qituvchi bo‘lish talabi turadi.

Kimyo darslarida interfaol usullardan foydalanish dars samaradorligini oshiribgina qolmay, o‘quvchilarni izlanishga, qo‘shimcha materiallardan foydalanishga undaydi, yordamchi adabiyotlarni varaqlashga majbur qiladi. Shu maqsadda ba’zi kimyo darslarida qo‘llaniladigan interfaol usullarni tavsiya etamiz.

 

“7 kimyogar”

Bu interfaol o‘yinda 2 guruhga bo‘lingan o‘quvchilarga kimyogarlar nomini va buyuk kashfiyotlarini aytish topshiriladi. I guruh navbat bilan 7 ta kimyogarning nomini aytadi, II guruh esa kashfiyotlari haqida so‘z yuritadi. Bunda faqat II guruhga ball qo‘yiladi. So‘ngra II guruh 7 ta kimyogarning nomini aytadi. I guruh esa kashfiyotlarini ta’riflaydi. Bu gal endi I guruh baholanadi. Ushbu o‘yin yangi o‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘ynalsa, yaxshi natija beradi.

Bu mashg‘ulot 7-sinfda “O‘zbekiston kimyogar olimlarining kimyo faniga qo‘shgan hissalari” mavzusiga mos keladi. O‘yinni teskari tarzda olib borsa ham bo‘ladi. Ya’ni, dastlab kashfiyotlar aytiladi. Raqib guruh o‘quvchilari esa kimyogarlarning nomini topadi.

“Uchinchisi ortiqcha”

Bu o‘yin texnologiyasi shundan iboratki, o‘quvchilar o‘zlariga berilgan topshiriqdagi ortiqcha tushunchani topishlari kerak. Bunda atamalar yoki moddalar aralashtirib beriladi.

Masalan: 9-sinfda “Uglevodlar” mavzusi bo‘yicha ushbu o‘yinni quyidagicha o‘tkazish mumkin.

Ortiqcha uglevodni aniqlang.

  1. glyukoza, maltoza, fruktoza.
  2. saxaroza, riboza, sellyuloza.
  3. fruktoza, kraxmal, sellyuloza.

“Uzilmas zanjir”

O‘quvchilar faolligini oshirish maqsadida “uzilmas zanjir” usulidan foydalaniladi. Bunga ko‘ra o‘quvchilar ketma-ketlikda ma’lumot aytishadi. Bir o‘quvchi tomonidan aytilgan ma’lumot boshqa o‘quvchi tomonidan takrorlanmasligi kerak (Bu o‘yin o‘quvchilarni tinglashga va xotirasini mustahkamlashga yordam beradi, ziyrak bo‘lishga undaydi).

8-sinfda: “Galogenlar” mavzusi bo‘yicha.

1-o‘quvchi: “Galogen” so‘zi tuz hosil qiluvchi degan ma’noni bildiradi.

2-o‘quvchi: Galogenlarga ftor, xlor, brom, yod va astat kiradi.

3-o‘quvchi: Galogenlar tashqi pog‘onasida 7 ta elektron beradi.

4-o‘quvchi: Galogenlarning barchasi metalmaslar.

5-o‘quvchi: Galogenlar kuchli oksidlovchilar.

6-o‘quvchi: Ftordan yodga tomon galogenlarning atom radiusi ortib boradi.

va hokazo.

 

“Notalar” usuli

Яна ўқинг:  “КОРОЧЕ” ҳақида батафсил

Ta’limning bu usuli o‘quvchilarni izlanishga majbur qiladi. Notalar usuli uyga vazifa qilib berilsa, o‘quvchilar ko‘proq izlanadilar. Ya’ni 7 notaning har biri ishtirok etgan kimyoviy so‘zlarni topish.

do, re, mi, fa, sol, lya, si.

  1. si fat analiz.
  2. sulfat kislota.
  3. solvatlanish.

4.tarkibning doimiylik qonuni.

5.miqdor.

6.endotermik.

7.reaksiya.

8.molyar konsentratsiya.

Bu tushunchalarni topish o‘quvchilarni izlanishga, kitobni o‘qishga majbur qiladi.

 

Anora SOBIROVA,

Uchquduq tuman XTMFMTTEB tabiiy fanlar metodisti

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: