MINIATYURACHI RASSOMLAR KO‘RGAZMASI

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod memorial bog‘-muzeyida Xalqaro muzeylar kuni hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shoxalil Shoyoqubovning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Buyuk ipak yo‘li vorislari” nomli ko‘rgazma ochildi.

Sh.Shoyoqubov xalqimizning boy va go‘zal merosi bo‘lmish o‘rta asrlar miniatyura san’atining ilg‘or an’analarini hozirgi zamon san’atiga ijodiy singdirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Shu bilan birga, yosh miniatyurachi rassomlar bilan zamonaviy miniatyura maktabini yaratish borasida ish olib bormoqda.

Ko‘rgazmada miniatyurachi rassomlar K.Abdullayev, K.Mirzayev, B.Tohirov, Sh.Rixsiyev, U.Qosimov, A.Abdurazoqqov, Q.Shoislomovning ijodiy ishlari ham namoyish etilayotir. “Karvon”, “Bog‘dagi sayl”, “Umar Xayyom” kabi asarlar nafis va yorqinrang chizgilari, kompozitsion jozibasi bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirmoqda.

Z.MAMATQULOVA

Yana o‘qing:  XXI asr – intellektual avlod asri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: