Pedagogik mahorat va tajriba – ta’limda muhim omil

Olmazor tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tomonidan Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining “Ma’naviyat-ma’rifat” markazida “Rahbarning kasbiy kompetentligi, pedagogik mahorati va madaniyatini oshirishda boshqaruv san’ati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limining maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘limi uslubchilari hamda Olmazor tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad hozirgi zamon rahbarining kasbiy kompetentligi (vakolati), pedagogik mahorati va madaniyatini oshirishda boshqaruv san’ati qanchalik yuqori bo‘lsa, shuncha ijobiy natijaga erishish mumkinligini ko‘rsatishdan iborat.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar mavzuga doir fikr-mulohazalarini bildirdilar.

J.HAYDAROVA

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2015-27)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: