Bilimdon bolajonlar tadbiri

Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 214-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, undagi ijodiy ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish, Vatan, ota-ona va kattalar oldidagi burch va mas’uliyatni teranroq anglashiga ko‘maklashish maqsadida 1-“A”sinf o‘quvchilari tomonidan “Buyuk yurt farzandlari” mavzusida adabiy badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda bolajonlar o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan ishtirok etdi. Ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va she’rlari yig‘ilganlarda katta taassurot uyg‘otdi.

– Maktabimizda o‘tkaziladigan bunday kechalar bolalarning dunyoqarashini oshirishda muhim hisoblanadi. Shuningdek, ularning bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida bir-biri bilan muloqoti yanada mustahkamlanadi, – deydi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Umida Haydarova.

Bayram kechasida Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan ijro etilgan “Chol, kampir va bilmasvoylar” spektakli namoyish etildi.

M. TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Maktabgacha ta’lim: Bolajonlar ekologiyani qanday o‘rganadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: