FAXRIY POLVONLAR BELLASHDI

Jizzaxda 60 yoshdan oshgan sport faxriylari o‘rtasida kurash, belbog‘li kurash, Turon yakkakurashi va o‘zbek jang san’ati bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

“Keksalarni e’zozlash yili”ga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika milliy sport turlarini rivojlantirish markazi, Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan yuz nafarga yaqin faxriy sportchi ishtirok etdi.

Musobaqaning ochilish marosimida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida yoshi ulug‘ insonlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning salomatligini mustahkamlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishda sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari ham ko‘zda tutilgani muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Kurash bo‘yicha jizzaxlik Mashrab Normatov, surxondaryolik Eshpo‘lat Abduvohidov, Chorshanbi To‘rayev, Qo‘ldosh Xudoyqulov, Abdulla Saidov kabi faxriy sportchilar o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.

Belbog‘li kurashda Jizzax viloyatidan Mashrab Normatov, Sirdaryo viloyatidan Berdiqul Shoimov, Andijon viloyatidan Sotimboy Ergashev, Surxondaryo viloyatidan Qo‘ldosh Xudoyqulov, Namangan viloyatidan Baxtiyor Yusufbekov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Musobaqa nizomiga ko‘ra, Turon yakkakurashi va o‘zbek jang san’ati bo‘yicha har bir viloyat jamoasi ko‘rgazmali chiqishlar orqali o‘z mahoratini namoyish etdi.

G‘oliblar va faol ishtirok etgan faxriy sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

I.XUDOYQULOV

Yana o‘qing:  Bu bir elkim, quyosh har tong kulib boqqay

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: