Sport xabarlari (2015-17)

ShAXMAT

Iste’dodli grossmeysterimiz Jahongir Vohidov Buyuk Britaniyada o‘tgan xalqaro turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

J.Vohidov besh partiyadan iborat bahslarda Jon Garnett, Mayk Syurtis, Jeyms Jekson, Kris Doranni mag‘lubiyatga uchratib, Deniyel Gormalli bilan durang o‘ynadi va 4,5 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinni egalladi.

YeNGIL ATLETIKA

Xitoyning Pekin shahrida jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Gran-pri turnirida mamlakatimiz paralimpiyachilari munosib ishtirok etdi.

Qirqdan ziyod davlatdan uch yuz nafardan ortiq sportchi qatnashgan musobaqaning 200 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Mansur Abdurashidov marraga birinchi kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U 100 metrga yugurishda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Nayza uloqtirish bahsida qatnashgan Temurbek G‘iyosov bronza medal bilan taqdirlandi. Qizlar o‘rtasidagi yadro uloqtirish musobaqasida Sanobar Sobirova uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

SUZISH

Moskvada o‘tkazilgan Rossiya ochiq chempionatida terma jamoamiz a’zosi Ra’noxon Omonova sovrinli o‘rinni egalladi.

400 metrga kompleks usulda suzishda iqtidorli sportchimiz 4 daqiqa 50,16 soniya natija bilan bronza medalga loyiq deb topildi.

T.ORTIQOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  Beg‘ubor olamning bekasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: