INSON QADRI YUKSAK BU YURTDA


Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan marhum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.

Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,

XI bob, 39-modda.


Saxovat va ko‘mak, mehr-oqibat kabi tushunchalar har bir millatga xos fazilat. Ayniqsa, o‘zbek xonadonida, mahalla-ko‘ylarda, yig‘ilish va tadbirlarda, kengfe’llik, samimiy munosabat yaxshilik va saxiylik kabi bu fazilatlar millatimiz qon-qoniga nechog‘li singib ketganining guvohi bo‘lasiz. Saxovat dunyoni tutib turguvchi oliy fazilat. Sahiy insonlar bor ekan, kemtik ko‘ngillar hamisha mamnun va oboddir. Millatimizga xos bag‘rikenglik va saxovat, ijtimoiy himoya har yili e’lon qilinadigan davlat dasturlarida aksini topmoqda.

Ijtimoiy ta’minot olish huquqi fuqarolarning muhim ijtimoiy huquqlardan biri bo‘lib, bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasi asosida mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra har kim keksayganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.

Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning barchasi mohiyatan shaxsning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan. Shu maqsadda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichlaridayoq O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos tamoyillaridan biri bo‘lmish aholini kuchli ijtimoiy himoyalashga kirishildi.

Fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berish ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan ijtimoiy — iqtisodiy huquq va erkinliklarini amalda ta’minlash orqali ruyobga chiqariladi.

Ayni vaqtda, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar (Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz) va tashkilotlar (“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti), nodavlat-notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilash va ularni qo‘llab-quvvatlash sohalarida “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonun, “Nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari qabul qilingan.

Umuman olganda, mamlakatimizda kechayotgan jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining roli kun sayin ortib borayotir. Ularning faoliyatini kuchaytirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotidagi ishtirokini yanada oshirish bo‘yicha qator samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada yurtimizda nodavlat-notijorat tashkilotlarning erkin rivojlanishini ta’minlaydigan qonunchilik bazasi hamda huquqiy-normativ baza yaratilgani quvonarli holdir. Zotan, Prezidentimiz I. Karimov o‘rinli ravishda bu borada shunday ta’kidlaganlar “Bozor mexanizmlarini joriy etishdan oldin insonlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlari amalga oshirilmog‘i lozim. Davlat o‘z aholisini himoya qila olgan taqdirdagina, insonparvar hisoblanadi”.

Yana o‘qing:  Qutlug‘ qadamjo

Dilafro‘z ESHONXONOVA,

Toshkent Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji tarix fani katta o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: