“O‘ZGACHA” PALOV
Kerakli mahsulotlar: 450 gr. go‘sht, 200 gr. guruch, 100 gr. konservalangan ko‘k no‘xat, 80 gr. tomat, 1 bosh piyoz, 2 bo‘lakdan sarismoqpiyoz va non, 1 dona tuxum, 1 ta bulg‘or qalampiri, yarim choy qoshiq yalpiz, o‘simlik yog‘i, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Go‘sht, piyoz, sarimsoqpiyoz va nonni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing. Tuz, yalpiz, murch va tuxum solib, yaxshilab aralashtiring. Tayyor bo‘lgan qiymadan dumaloq shakllar yasab, o‘simlik yog‘ida qovurib oling. 2. Guruchni ham ozgina qovurib unga 1 stakan suv, tomat va ta’bga ko‘ra tuz qo‘shib, o‘rtacha olovda qaynating. 3. Guruch pishgach, konservalangan ko‘k no‘xat va maydalangan bulg‘or qalampiri soling. Keyin qiymali “shar”chalarni solib, biroz suv ham qo‘shing-da, qozon qopqog‘ini yoping. 10 daqiqa dimlagangach, ovqatni likoplarga suzishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Guli NOZ