YURTIMIZDA TISH PROTEZLARINING MAHALLIY ANDOZASI TAYYORLANADI
Toshkent Davlat stomatologiya instituti olimlari mahalliy ko‘chmas burama tish implantantini sanoat darajasida ishlab chiqarishga tayyorlashmoqda. Qayd etilishicha ushbu mahalliy implantant uchun patent o‘tgan yili olingan bo‘lib, mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, mazkur implantant davolash narxlarini bir necha barobar kamaytirishi mumkin.
Toshkent Davlat stomatologiya instituti rektori, professor Nig‘mon Habilov rahbarligidagi innovatsion loyiha doirasidagi ilmiy izlanishlar 2015-2016 yillar davomida olib boriladi.
Farhod USMONOV,
Toshkent Davlat stomatologiya instituti kichik ilmiy xodimi