PALOVLI BURGER

Kerakli mahsulotlar: 160 gramm guruch, 1 dona tuxum, 40 gramm pishloq, ta’bga ko‘ra zarchava va zira kerak bo‘ladi. Kotletlar uchun masalliqlar: 82 gramm mol go‘shti, bir dona piyoz, 1 dona tuxum oqi, 1 dona kattaroq pomidor, 2 dona tuzlangan bodring, ta’bga qarab tuz, murch, kashnich kerak bo‘ladi. Qayla uchun masalliqlar: mayonez 40 gramm, abxaz ajikasi (qizil qalampir, tuz, sarimsoqpiyoz hamda xushbo‘y giyohlarning pastasimon aralashmasi).

Tayyorlash usuli: Guruchni suvda pishirib, sovutib olamiz. So‘ngra guruchning ustiga tuxum, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq va ziravorlarni qo‘shamiz. Hosil bo‘lgan masalliqni yaxshilab aralashtirib, 9,5 santimetrli xalqalar ichiga solib chiqamiz (kulchalar ko‘rinishida bo‘ladi), gaz pechida 10-15 daqiqa pishirib olamiz.

Tuxum va ziravorlar qo‘shilgan qiymadan pishirib olingan guruchli bulkalar o‘lchamida kotletlar tayyorlab olinadi hamda yog‘da qovuriladi. Qayla hosil qilish uchun ajika bilan mayonezni aralashtiramiz. Pomidor va bodringlarni parrak qilib to‘g‘raymiz.

Palovburgerni quyidagi tartibda yig‘ib chiqamiz: guruchli kulcha, pomidor, qayla, kotlet, tuzlangan bodring, piyoz, kashnich barglari, qayla, pomidor va yana guruchli kulcha. Qarabsizki, ajoyib palovburgerimiz tayyor.

Guli NOZ

Yana o‘qing:  Insonning o‘ziga past baho berishi hayotga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: