45 KISHIGA YO’LLANMA BERILDI

Namangan viloyati Chust tumanida navbatdagi mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimligi, Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ellikka yaqin xo‘jalik sub’yekti 170 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Ishtirokchilar bo‘sh ish o‘rinlari hamda tumanda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda rejalashtirilayotgan yangi loyihalar va yaratilishi ko‘zda tutilayotgan ish o‘rinlari haqida ko‘rgazmali vositalar orqali atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldi.

Yarmarkada 45 kishiga o‘z mutaxassisligi, qiziqish va qobiliyatiga ko‘ra ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.

N.IKROMOV

Yana o‘qing:  “Buyuk ipak yo‘li” turniri yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: