Bokschilarimiz birinchi
Litva poytaxti Vilnyus shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazildi. O‘ninchi bor tashkil etilgan musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan to‘rt nafar yosh bokschimiz g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Hamyurtimiz Bobomirzo Tolibov, Iqboljon Xoldorov va Obidjon Tohirovlar oltin medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida esa yana bir hamyurtimiz Kozimbek Mardonov kumush medal bilan taqdirlandi.
Xalqaro turnirda uchta oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
T.ORTIQOVA tayyorladi