Quymoqli tort
Kerakli mahsulotlar: 4 dona tuxum, 1,5 stakan sut, 1 stakan suv, 2 stakan un, 0,5 stakan kakao kukuni, 6 choy qoshiq sariyog‘, 2 osh qoshiq shakar, 2 choy qoshiq vanilin.
Ichiga solinadigan masalliqlar: ko‘pirtirilgan qaymoq, o‘zingiz yoqtirgan biror shokolad pastasi yoki murabbo, jemdan foydalanishingiz mumkin.
Tayyorlanishi: quymoqlar uchun masalliqlarni ketma-ketlik bilan blenderga solib besh daqiqa davomida ko‘pirtiramiz va tayyor bo‘lgan xamirni 1 soatga muzlatgichga qo‘yamiz. Qizdirilgan tovaga sariyog‘ solib, quymoqlarni oz-ozdani solib pishirib olamiz. Quymoqlarni hammasi pishgandan so‘ng ketma-ketlikda har birining orasiga avvaldan tayyorlangan masalliq solamiz. Ya’ni, avval shokoladli pasta, keyin ko‘pirtirilgan qaymoqni suramiz. Shu tarzda tortni tayyorlaymiz. Tort ustini o‘zingizga ma’qul keladigan qilib bezatishingiz mumkin. Ta’bga qarab yong‘oq yoki maydalangan shokoladdan foydalanishingiz mumkin.
Guli NOZ tayyorladi