SHE’RIYAT KEChASI O‘TKAZILDI

O‘lkamizga go‘zal bahor keldi. Atrof yasharib, kelinchakdek bezanmoqda.Tabiatdagi iliqlik ko‘ngillarga ko‘chib, she’rga, kuyga aylanadi. Shunday iliq kunlarda sevimli shoiramiz – Zulfiyaxonimning 100 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasining Oliy ma’lumotli hamshira fakultetida ham shunday tadbir o‘tkazildi. “Bahor keldi seni so‘roqlab…”, deb nomlangan ijodiy kechani fakultet dekani Hamida Rustamova ochib berdi. Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Umida Abduazimova, “G‘uncha” jurnali bo‘lim muharriri Yulduzxon Teshaboyevalar ishtirok etib, o‘z chiqishlarida Zulfiyaxonim ijodi, shoiraning nafis she’riyati, u haqidagi iliq xotiralarini so‘zlab berishdi. Talabalar shoira ijodidan she’rlar o‘qishdi. Respublika bolalar nashri “Tong yulduzi” gazetasi bo‘lim muharriri, shoir Axtamqul Karim talabalarga bahor, ayol, yoshlik mavzusidagi she’rlaridan o‘qib berdi. Mushoira talabalar va ijodkorlar o‘rtasida qizg‘in savol-javobga ulanib ketdi. Ijro etilgan kuy va raqslar kechani yanada jonlantirib, barchaning ko‘ngliga bahoriy kayfiyat hadya etdi.

Muxlisa ABDUHAMIDOVA,

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi

Yana o‘qing:  Milliy kutubxonada pulli xizmat ko‘rsatish narxlari o‘zgardi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: