Yurt mehridan mamnun bolalalar

“Mehribonlik” uylari bolalari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi”.

“Mehribonlik” uylari bolalari yangi yil arafasida Prezident sovg‘alari bilan taqdirlandi”.

“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy texnologiyalar yetkazib berildi”.

“Mehribonlik” uylari bolalarining har tomonlama barkamol ulg‘ayishi uchun turli to‘garaklar tashkil etilgan”.

“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari orasidan ko‘plab chempionlar chiqmoqda”.

Yuqoridagi ma’lumotlar maqola yozishga tayyorgarlik jarayonida internet orqali qidiruvda topildi. Yana 30 mingga yaqin shunday natijalar borligi esa quvonarli hol.

Darhaqiqat, istiqlol yillarida yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga davlat siyosati darajasida e’tibor ko‘rsatilmoqda. “Mehribonlik” uylarining ham mazmun-mohiyati tubdan o‘zgardi. U shunchaki, bola ulg‘aygunicha boshpana emas, balki ota-onasiz va boquvchisiz qolgan norasidalar uchun ta’lim-tarbiya markaziga aylandi. Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli Namangan shahridagi 26-”Mehribonlik” uyida yaratilgan qulay muhit va shart-sharoitlar shunday fikrga kelishimizga asos bo‘ladi.

– Muassasamizda 63 nafar bola ta’lim-tarbiya olmoqda, – deydi “Mehribonlik” uyi direktori Dilorom Abdirahimova. Ularning mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib kamol topishi uchun barcha sharoit muhayyo. Tarbiyalanuvchilar turli sport, kasb-hunarga o‘rgatuvchi to‘garaklar bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda sog‘lom bola sog‘lom va ahil oilaning mevasidir. “Mehribonlik” uyida ham bu borada ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, turli bayram tadbirlari, taniqli ijodkor va san’atkorlar, davlat arboblari bilan uchrashuvlar tashkil etilayotir. Bunday tadbirlar bolalarni bir g‘oya atrofida birlashib, o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lib ulg‘ayishini ta’minlaydi, albatta. Tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabati ota-ona va farzand o‘rtasidagidek sog‘lom muloqot, mehr-oqibat rishtasidan qolishmaydi. Bu holat esa har bir norasidaning ona-Vatanga bo‘lgan muhabbati, vatanparvarlik xislati shakllanishiga omil bo‘ladi.

So‘lim Namangan shahrida joylashgan “Mehribonlik” uyidagi tarbiyalanuvchilarning o‘z orzu-istaklari, qiziqishlari bir dunyo. Birovi harbiy, boshqalari esa injener, astronom olim bo‘lish niyatida. Odina Jo‘rayeva kelajakda shaxsiy sport kompleksini yuritish, Ilmira Isabekova esa xususiy klinika ochish istagida.

– Muassasamiz – chiroyli, ko‘rkam. Qulay va kerakli jihozlar bilan bezatilgan. Yotoqxonalar, sport maydonchalari, oshxona va tibbiy xonalar ixtiyorimizda, – deydi tarbiyalanuvchi Begzod Usabayev. – Tarbiyachi va hamshiralar salomatligimiz uchun parvona bo‘lishadi. O‘z vaqtida issiq ovqat, qulay va sifatli kiyimlar berishadi. Tarbiyachi opalarimizning g‘amxo‘rligi va e’tibori biz bolalarni xursand qiladi. Ba’zida ana shunday g‘amxo‘rlik tufayli bu yerda yolg‘iz emasligimizni, oilamiz borligini his etib turaman. Xulqimiz, olayotgan bilimimiz hamisha muassasamiz rahbarlari tomonidan nazorat qilib boriladi. Baho yoki xulq-atvor borasida biroz og‘ishsak, ular darhol buning sababini topishga, uni bartaraf etishga urinishadi va bizga bu borada ko‘mak berishadi.

Яна ўқинг:  МЕЗОНИ ЙЎҚ ХАЙРУ САХОВАТ

Muassasada barcha bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish tartibiga amal qiladi. Shuning uchun maskanda tarbiyalanuvchilar uchun “Yosh to‘quvchi”, “Mohir qo‘llar”, “Yosh ijodkor”, “Orasta qizlar”, “Raqs”, “Yosh duradgor”, “Yosh pazanda” kabi to‘garaklar tashkil etilgan. Ko‘pgina bolalar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini shu yerda o‘tkazadi. Bu kichik to‘garak kelajakda ulkan orzularga yo‘l bo‘lishi shubhasiz. Masalan men, yosh duradgorlar to‘garagiga juda qiziqaman va bu yerda soatlab turli ko‘rinishdagi yog‘ochlarga ishlov berishga urinaman. Ustozimiz Yunusxon Karimov esa shu sohaga qiziquvchi o‘quvchilarga bor mehnatiyu, mahoratini berishdan tolmayldi.

“Mehribonlik” uyida sportga e’tibor ham bo‘lakcha. Bu esa 26-”Mehribonlik” uyida qator bo‘lg‘usi chempionlar yetishib chiqishiga zamin yaratsa, ajabmas. Asadbek Sherov penchak-silat sport turi bo‘yicha o‘tgan yili ikki karra O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Sarvinoz Ibragimova ham shu sport yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, muassasa nufuzini oshirdi. Qizlarning badiiy gimnastikaga bo‘lgan qiziqishlarini inobatga olib, o‘tgan yili noyabr oyida “Mehribonlik” uyida badiiy gimnastika zali tashkil etildi. Qolaversa, maskanda bayram tadbirlariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Muassasada Xotira va qadrlash kuni deysizmi, o‘qituvchi va murabbiylar kuni deysizmi, har bir bayramga tayyorgarlik birgalikda, uyushqoqlikda o‘tkaziladi. Bolalarga ustozlari, tarbiyachilar yo‘l-yo‘riq va maslahatlar berishadi.

– Qish fasli hali poyoniga yetmasidanoq biz bolalar bahor ayomining tashrifiga intiq bo‘lib, “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” va Navro‘z umumxalq bayramlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘ra boshlaymiz, – deydi tarbiyalanuvchi Dilyor Abdulhayitov. – Chevar qizlar o‘zlarining ijodiy ishlarini ko‘z-ko‘z qilsa, o‘g‘il bolalar mohoratda benazir ekanligini mehnat mahsuli orqali namoyish etishadi. Doshqozondagi qaynoq sumalakning tafti behosdan dillarga, ko‘ngillarga ko‘chadi. Barchaning yuzu-ko‘zidan mamnuniyat va quvonch aks etadi. Mehr-muhabbat rishtalari yanada mustahkam va jipslashgandek bo‘ladi, o‘shanda. O‘tgan yili Navro‘z bayrami munosabati bilan muassasamizga O‘zbekiston Xalq artistlari Yoqub Ahmedov va Yodgor Sa’dievlar mehmon bo‘lishdi. O‘sha kundagi zavq, ustoz san’atkorlarning otalarcha bergan o‘gitlarini hali-hanuz tez-tez yodga olib turamiz.

“Mehribonlik” uyidagi bolalarning yaxshi hordiq chiqarishlari uchun Kasaba uyushmalari viloyat federatsiyasi tomonidan tarbiyalanuvchilarga Pop tumanidagi “Oftobcha bolalar” oromgohiga yo‘llanma beriladi. Shuningdek, mazkur “Mehribonlik” uyi tasarrufidagi Chust tumani G‘ova qishlog‘ida joylashgan “Marjon” dam olish maskanida yoz bo‘yi hordiq chiqarishadi.

Яна ўқинг:  ЁРҚИН ЮЛДУЗ ШУЪЛАСИ

Ma’rifat TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: