Ot surayotgan zukko avlod

Yurtimizda so‘nggi yillarda sportning shaxmat turi jadal rivojlanib, yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib voyaga yetkazishning muhim vositasi bo‘lgan bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida yoshlar orasidan chempionlar yetishib chiqmoqda.

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 8 va 10 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan 100 nafardan ziyod yosh shaxmatchi bahslashdi.

Mazkur musobaqa ham iqtidorli o‘g‘il-qizlar orasidan yangi nomlarni kashf etish, ularning kelajakda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda o‘z salohiyatini namoyon etishi yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

24 nafar yosh shaxmatchi ishtirokida o‘tayotgan qizlar bahsida bironta durang natija qayd etilmadi. Samarqandlik Ruxshona Rahimberdiyeva, farg‘onalik Vasila Abdujabborova, Toshkent viloyatidan Sarvinoz Abubakirova, poytaxtlik Rofiya Sultonqulova, navoiylik Shahrizoda Bashriddinova, surxondaryolik Sevinch Turdimurodova, sirdaryolik Gulasal Hayitboyeva va qashqadaryolik Mehribon Egamberdiyeva kabi shaxmatchilar birinchi turni o‘z foydasiga hal qildilar.

Yetti turdan iborat musobaqada o‘z yosh toifasida eng ko‘p ochko jamg‘argan Azizbek Saidolimov, Ruben Arushenov, Mixran Miskirijan, Ildar Xashayev birinchi, Humoyun Sindarov, Xondamir To‘ychiyev, Nikita Soy, Gulnoza Tohirova ikkinchi, Murodjon Lutfullayev, Alibek Mo‘minjonov, Zafar Zohidjonov va Alixon Avazxonov uchinchi o‘rinni egalladi.

– Turnirda g‘alaba qozonganimdan juda baxtiyorman, – deydi Azizbek Saidolimov. – Bu kabi bellashuvlar tajriba va mahoratimizni yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega. Kelajakda mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham yuqori o‘rinlarni egallashga harakat qilaman.

G‘olib va sovrindorlarga medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  XALQARO MUNOSABATLAR RIVOJLANMOQDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: