VITAMINLARNING XUSUSIYATI

Sovuq kunlarda immuniteti past insonlar tez kasallikka chalinadi. Shuning uchun bizga qo‘shimcha vitaminlar juda zarur. Kishi uzoq vaqt sovuqda bo‘lganida, kasallik va undan keyingi davrda organizmning vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoji oshadi. Odam keksayganda vujudining vitaminlarni o‘zlashtirishi yana ham yomonlashadi.

Ko‘pchilik vitaminlar oqsillar bilan birikib fermentlar hosil qiladi. Fermentlar organizmdagi moddalar almashinuvida bevosita qatnashadi. Inson organizmi o‘zi uchun zarur bo‘lgan darmondorilarni turli oziq-ovqat mahsulotlaridan oladi. Ayrim hollarda organizmga bu mahsulotlar orqali tayyor vitaminlar emas, balki tuzilishi jihatidan ularga yaqin bo‘lgan moddalar (provitaminlar) o‘tadi. Provitaminlar organizmda vitaminlarga aylanadi. Ba’zi bir mahsulotlar bir yoki bir necha vitaminlarga boy bo‘ladi. Shuning uchun bir turdagi taomlar bilan yoki vitaminlari yo‘q mahsulotlar bilan ovqatlanganda, shuningdek organizmda so‘rish, hazm qilish va vitaminlarni o‘zlashtirish jarayonlari buzilganida vujudda vitamin yetishmasligi kuzatiladi.

Hozirgi vaqtda vitaminlar guruhiga kiritilishi mumkin bo‘lgan bir necha o‘nlab birikmalar ma’lum. Lekin kishining salomatligi va ovqatlanishi uchun zarur bo‘lgan faqat 20 ga yaqin vitaminning ahamiyati muhim.

Turli xil oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi vitaminlar unchalik turg‘un bo‘lmaydi va ular bir qator sharoitlar ta’sirida qisman parchalanishi mumkin. Yangi oziq-ovqat mahsulotlari uzoq saqlanganda, quritilganda va qaynatilganda ulardagi turli vitaminlarning bir qismi yo‘qoladi. Ayniqsa, tashqi muhitga unchalik chidamli bo‘lmagan S vitamini ko‘proq nobud bo‘ladi. Shu sababli oziq-ovqatlardagi vitaminlarni saqlab qolish uchun ularni saqlash qoidalarini bilish va unga rioya qilish kerak.

YOSHLIK ELIKSIRI NIMA?

Yoshlik eliksiri nima ekanligi ko‘pchilikni qiziqtirishi shubhasiz. Tabiiyki, vujudimizning doimo yosh va ko‘rkam bo‘lib ko‘rinishi to‘g‘ri ovqatlanish, me’yordagi uyqu va o‘z o‘rnida zarur bo‘lgan ba’zi foydali mahsulotlarga ham bog‘liq. Organizmning me’yordagi moddalar almashinuvi va hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan biologik faol organik birikmalar mavjud. Aynan Ye vitamini inson organizmini yoshartirish xususiyatiga ega. Bu darmondori teri tarkibini yaxshilab, uning yangilanib turishiga zamin yaratadi.

Ye vitamini organizmda yog‘ almashinuviga ijobiy ta’sir etadi va u kuchli antioksidant ham hisoblanadi. Tanamizdagi terining ostida yog‘ qavati mavjud, u bo‘sh radikallarni qaytaradi. Bu radikallar saraton (rak) hujayralarini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ushbu vitamin organizmda yetishmasa jinsiy faoliyat buziladi. Mushaklar oziqlanishiga salbiy ta’sir etib, ular kichrayadi.

Yana o‘qing:  Farmatsevtika sohasi – yuksalish pallasida

O‘simlik moylari, yeryong‘oq mag‘zi, no‘xat, makkajo‘xori, soya va salat barglarida hamda ismaloqda, shuningdek, bug‘doyning undirilgan oqish maysalarida Ye vitamini bo‘ladi. Hayvon mahsulotlaridan jigar, tuxum sarig‘i, sutda ham bu darmondori mavjud.

Nargiza UGLAMOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: