SHODON OILA SIRLARI

Kishida barcha axloqi hamida

Chu jam o‘ldi, qo‘yarlar otin ehson.

Biri andin saxodur, biri muruvvat,

Bular gar yo‘qtur, inson ermas inson.

Mazmuni: Kishida barcha yaxshi fazilatlar jam bo‘lgan bo‘lsa, ularni bir so‘z bilan ehson deydilar: uning biri – saxovat bo‘lsa, biri – muruvvat. Bu ikkisidan bebahra inson inson emas.

Alisher NAVOIY

Har bir mamlakatda bola huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyaning mukammal huquqiy tizimi yaratilishi uning mustaqil demokratik yo‘lni tanlaganidan darak beradi. Zero, insoniylik, elparvarlik, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga ko‘mak ko‘rsatish erkin va farovonlikning muhim omillaridan biridir. U yillar davomida sayqallanib, qadriyat darajasiga ko‘tariladi. Vatanimizni esa ana shu qadriyatni bardavom tutgan saxovatpesha yurt sifatida e’tirof etsak arziydi. Buni biz Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Bolalar shaharchasi”ga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik misolida ko‘rishimiz mumkin. Mazkur shaharchaning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida muassasa rahbari Pokizaxon Ahmedjanovani suhbatga tortdik.

– Sir emaski, ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning bilimini oshirish bilan birgalikda uning qalbida insoniylik fazilatini singdirish, mehr-oqibatli sadoqatli va mustaqil fikrli etib kamol toptirish muhim sanaladi. “Bolalar shaharchasida” bu jihatga qanday yondashiladi?

– Darhaqiqat, bolaning fitrati sof. Uning qalbiga hayotning yorqin ranglari bilan zeb berish lozim. Hayotning go‘zalligi insoniylik fazilatlarida mujassam. Bizning shaharchamizda bunga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun har bir oila a’zolari birgalikda uy ro‘zg‘or uchun kerakli narsalarni xarid qilishadi, bahamjihatlikda tarbiyalanuvchilari bilan bamaslahat tayyorlanadigan taomlarining ro‘yxatini tuzib chiqadi. Shuningdek, oilaviy sharoitda har bir bolaning alohida yotoqxonasi, o‘ziga tegishli jihozlari mavjud bo‘lib, uning o‘zi xonasini tartibga keltirish, o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish, o‘ziga tegishli jihozlar, kiyim-kechaklarni asrab-avaylash kabi ko‘nikmalarni hosil qiladi. Bunday sharoitda bolaning o‘ziga tegishli bo‘lgan buyumlarning mavjudligini his etish va shaxsiy mulkka egalik ko‘nikmalari rivojlanib boradi.

Mazkur oila sharoitida har bir bolaga alohida e’tibor qaratish, individual yondashish va alohida mehr ko‘rsatish imkoni yaratiladi. Oila a’zolarining faoliyati bilan yaqindan tanishar ekansiz, uy yumushlarida bir-biriga ko‘mak berishiga guvoh bo‘lasiz. Bayramlar, tug‘ilgan kunlarni oila davrasida birgalikda nishonlashadi. Balog‘atga yetgan bitiruvchilarning barchasi hozirgi kunga qadar shaharchaga tarbiyachi onalari, uka va singillari holidan xabar olishga kelib turadilar. Bu esa oilaviy an’analarning shakllanib borayotganiga yorqin misol emasmi?!

Яна ўқинг:  ОЙМИСИЗ Ё ҚУЁШ?

Har bir bolaga alohida e’tibor berish maqsadida ularning qiziqishlari, orzulari va imkoniyatlarini o‘rganish, bolalarning “Bolalik tarixi”ni, ekokartasi va genogrammalarini tuzish va shular asosida har bir bolaga beriladigan tarbiya metodlarini aniqlab shular asosida ish olib borilmoqda. Respublika bolalarni ijtimoiy moslashuvi markazi xodimlari bilan ham bevosita ish olib borilishi har bir bolaga aniq yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish imkonini bermoqda. Natijada har bir bolaning pedagogik-psixologik rivojlanish reja dasturlari ishlab chiqilib, har oy yakunida olib borilgan ishlar va erishilgan natijalar monitoringi tashkil etib boriladi.

– Bugungi kunda “Bolalar shaharchasida” bolalarni kasbga yo‘naltirish ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasidagi ishlar qay darajada?

– Tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish bizning bosh maqsadimiz. Zero, ma’naviyati yuksak insonlarni kamol toptirish jamiyatimizning asosiy maqsadi sanaladi. Bu borada esa qator tadbirlar o‘tkaziladi. “Bolalar shaharchasi” kutubxonasi tashkil etilgan bo‘lib, badiiy, ilmiy-uslubiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar bilan ta’minlangan. Har bir xonadonda ma’naviyat burchagi tashkil etilgan va adabiyotlar bilan boyitilgan. O‘tgan Sog‘lom bola yilida bolalarga chet tillarni o‘rganishga sharoit yaratish maqsadida Guliston Davlat universiteti bilan hamkorlikda “Yosh notiqlar va jurnalistlar” hamda “Ingliz tilini o‘rganamiz” to‘garaklari, qizlarni ommaviy sportga jalb etish va salomatliklarini mustahkamlash maqsadida “Alpomish” sport majmuasi tomonidan sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha to‘garak tashkil etildi. Hozirgi kunda shaharchada jami 15 ta to‘garak mavjud. Ular orasida bolalarni kasbga yo‘naltiruvchi va ro‘zg‘or tutishda muhim o‘ringa ega bo‘lgan hunarlardan tikuvchilik, sartaroshlik, duradgorlik, pazandachilik kabi yo‘nalishlar mavjud. Shu bilan birga shaharchada hunarmandchilik, sport va san’atga oid to‘garaklar ham tashkil etilgan. Guliston shahar 1-sonli musiqa maktabi tomonidan damli sozlar harbiy orkestri va “Mohir qo‘llar” to‘garagi, 2-sonli musiqa maktabi tomonidan “Ranglar jilosi” va “Milliy cholg‘ular” to‘garagi, 4-tip sport majmuasi tomonidan futbol, suzish, armrestling, gandbol yo‘nalishlaridagi to‘garaklar tashkil etilib, tarbiyalanuvchilar bilan mashg‘ulotlar olib borilyapti.

Bolalarimizning turli tanlovlarda erishayotgan yutuqlari yil sayin ortib bormoqda. Shaharchada tashkil etilgan “Kamalak” raqs dastasi Respublika “Yosh yulduzlar”, “Yangi avlod” va “Asrlar sadosi” festivallarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Armresling sport turi bo‘yicha ikki nafar tarbiyalanuvchilarimiz Vladislav Abibullayev, Nasiba Sharipova O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi. Gandbol bo‘yicha esa Yorqinoy Ravshanova, Madina Baxtiyorova, Ilyor Vasilyev O‘zbekiston birinchiligida g‘olib bo‘ldi. Musiqa yo‘nalishi bo‘yicha ham Anastasiya Shukina, Marat Genov o‘zlarining mahoratini Respublika tanlovida namoyish etib g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Besh nafar tarbiyalanuvchilarimiz “Kamalak jilosi” Respublika tanlovining har yilgi g‘oliblari bo‘lib kelmoqdalar. Futbol bo‘yicha “Guliston-2” nomli jamoamiz viloyat miqyosida o‘tkazilgan viloyat birinchiligida eng kuchli ekanini isbotladi.

Яна ўқинг:  УЛУҒДИР УСТОЗ ДЕГАН НОМ

– “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchilarini farzandlikka yoki vasiylikka olish mumkinmi?

– Shaharchada olib borilayotgan ijtimoiy ishning asosiy mezonlaridan biri o‘z farzandlari yoki yaqinlarining bolalarini shaharchaga topshirish maqsadida kelgan fuqarolarga tushintirish ishlarini olib borish, ularning hayotlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish orqali bolalarni o‘z oilalarida qoldirishni ta’minlashdan iboratdir. Shaharcha o‘z faoliyatini boshlagandan buyon 40 dan ortiq ana shunday murojaatlar bo‘ldi va ularning barchasida bolalarni o‘z oilalarida qoldirishga muvaffaq bo‘ldik. Axir bola uchun o‘z oilasindanda azizroq go‘sha yo‘q. Bunda qaysidir oilaga uy-joyini hal etish, ish bilan ta’minlash, biriga pensiya yoki aliment undirib berish, oilalarni yarashtirish kabi ishlar orqali erishildi. Ushbu faoliyatni olib borishda, albatta joylardagi hokimliklar, mahalla qo‘mitalari, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari kabi tashkilotlar ko‘magidan keng foydalanildi.

Shuningdek, shaharchada tarbiyalanayotgan bolalarni farzandlik yoki vasiylikka berish, o‘z biologik oilalaridagi ijtimoiy ahvolni o‘rganish, imkoniyati mavjud oilalarga bolalarni qaytarish ishlari ham olib borilmoqda.

O‘tgan besh yil davomida bolalarni o‘z biologik oilasiga qaytarish ishlariga ham katta ahamiyat qaratildi. Eng avvalo shaharchada o‘z ota-onasi bor va vaqtincha joylashtirilgan bolalar o‘rganib chiqildi. Aniqlangan 19 ta oilaning har biri bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Ularning ba’zilari chet davlatga ketgan. Ba’zi ota-onalarga turli ijtimoiy muammolarini hal etishda mahalliy hokimliklar va huquq organlari ko‘magi bilan yordam berildi. Natijada 10 nafar bola o‘z oilasi – ota-onasi bag‘riga qaytarildi. 9 nafar bola esa yaqin qarindoshlari tomonidan vasiylikka olindi.

Ma’rifat TOLIPOVA suhbatlashdi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: