OLIMLAR PISHIRILGAN TUXUMNI AVVALGI HOLATIGA QAYTARISHDI

Amerikalik olimlar qaynatib pishirilgan tuxumni avvalgi holatiga qaytarishga erishishdi. Bu haqda “Chem Bio Chem” jurnalida ma’lumot keltirilgan.

Kimyogarlar tuxumni 20 daqiqa mobaynida Selsiy bo‘yicha 90 gradus issiqlikda pishirishgan, keyin esa oqsilga mochevina moddasini qo‘shishgan. Mochevina moddalarni suyuq holatga qaytarib, oqsilni parchalagan. Oqsillarni tabiiy holatga qaytarish uchun uni “Vortex fluid device” deb nomlangan maxsus uyurma uskunaga joylashtirishgan. Bu jarayonlardan so‘ng tuxum iste’molga yaroqli holatini saqlab qolgan-qolmagani haqida olimlar hech qanday ma’lumot berishmagan. Tajribani o‘tkazgan olimlarning fikricha, oqsillarni tezlik bilan eski holatiga qaytarish texnologiyasi pishloq ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek, saratonga qarshi dorilar ishlab chiqarishda asqotishi mumkin ekan.

Yana o‘qing:  HAM SPORTCHI, HAM MURABBIY

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: