“FUDZI TOG‘I” O‘ZBEKISTONDA
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida “Mo‘yqalamning yengil raqsi” deb nomlangan sumi-e an’anaviy yapon akvarel san’ati ko‘rgazmasi ochildi.
Sumi-e – bo‘yoq yordamida chiziladigan yapon san’at asari va bir paytning o‘zida meditatsiyaning o‘ziga xos falsafasi hamda usuli sanaladi. Shuningdek, u chiziqlar san’ati, deb ham ataladi. Chunki, sumi-eni yaratish texnikasi faqat to‘rtta tortilgan bo‘yoqqa asoslanadi. Har bir tortilgan bo‘yoq a’lo darajada bo‘lishi kerak. Buning uchun doimiy mashg‘ulot va mahoratni sayqallab borish talab etiladi.
Ko‘rgazmada 50 ga yaqin rasm namoyish qilinmoqda. Bu yerga kelganlar yapon xalqi an’analari, timsollari va turmush tarzini o‘zida aks ettirgan “Qo‘g‘irchoqlar festivali”, “Oq kameliya”, “Fudzi tog‘i”, “Laylak” kabi asarlar bilan tanishmoqda.
V.PO‘LATOVA