SOG‘LOM TURMUSH TARZI – BAXTLI HAYOT ASOSI

Organizmning reproduktiv imkoniyatlari inson salomatligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1992 yil fevral oyidagi “Fertil yoshdagi ayollarni sog‘lomlashtirishning shoshilinch chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi maxsus buyrug‘i asosida keyingi o‘n yil davomida bu borada katta amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, barcha fertil yoshdagi ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ular orasida turli xil somatik(ichki)kasalliklarni aniqlash, hamda sog‘lomlashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bularning natijasida respublikamizda bolalar va onalar o‘limi ko‘rsatkichlari sezilarli darajada kamaydi.

Endilikda bunday chora-tadbirlarga mavsumiy holat deb qaramasdan o‘tkazilayotgan tashkilotchilik va davolash-sog‘lomlashtirish ishlarining hajmini yanada kengaytirish zarur. Bo‘lajak onalar bo‘lmish qizlarimizning reproduktiv salomatliklarini muhofaza qilishni barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko‘lamda amalga oshirishning vaqti keldi.

O‘quvchi-qizlarda jismoniy va ruhiy salomatliklarining shakllanishi ertaroq boshlanadi. Ularda reproduktiv a’zolarning jadal rivojlanishi 12-13 yoshga yoki 5-6 sinfda o‘qish davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda ularning organizmida turli xil a’zolar faoliyati kuchayadi. Nevrozlar, psixovegetativ buzilishlar uchraydi. Aqliy qobiliyatning susayishi kabi holatlar sodir bo‘ladi. Bunday vaziyatda ularda o‘quv yuklamalarini kamaytirish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni to‘g‘ri tashkil qilish, jismoniy mashg‘ulotlarni haftasiga kamida uch martagacha ko‘paytirish tajribasi ijobiy natijalar berishi aniqlangan.

O‘smir qizlarda hayz ko‘rish jarayonida esa jismoniy mashg‘ulotlarni chegaralash, ayrim hollarda esa batamom ta’qiqlash lozim. O‘quvchi-qizlarning shaxsiy psixofiziologik xususiyatlarining shakllanishi, ruhiy-asab tizimining holati, ruhiy salomatligini ularning kelajakda ona bo‘lishini e’tiborga olib bosqichma-bosqich sog‘lomlashtirib borish muhim ahamiyatga ega. Qiz bolalarning reproduktiv salomatliklarining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xavfli omillar qatorida ichki sekretsiya bezlari va modda almashinuv jarayonlarining buzilishi (bo‘qoq kasalligi, Shershevskiy-Terner sindromi, qandli diabet), vegetativ asab tizimi kasalliklari (nevroz(asab buzilishi), psixoz, depressiya(ruhiy tushkunlik), allergik kasalliklarni ko‘rsatib o‘tish, shuningdek, ularning oldini olishda oila va tibbiy xodimlar (dispanser ko‘riklari), pedagoglar tomonidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rishning zarurligini uqtirib o‘tish joizdir. Pedagog, shifokor, xususan, ginekologlar o‘zaro hamkorlikda o‘quvchilarning o‘smirlik davrida organizmda ro‘y berayotgan gormonal o‘zgarishlar haqida tushuncha berishlari lozim. Chunki, bolalarning jinsga oid muammoli masalalarni “ko‘chadan” o‘rganmay, balki o‘z pedagoglaridan bilib olganlari ma’qul. Antropolog va fiziologlar hozirgi davrda butun dunyoda o‘g‘il-qizlarni erta balog‘atga yetayotganini, ya’ni aksemratsiyani qayd etmoqdalar. Mutaxassislar tomonidan oilaviy notinch, ichuvchi, kashanda, giyohvand moddalarni iste’mol qilish kabi zararli odatlari bo‘lgan nosog‘lom oilalarga va u yerda voyaga yetayotgan o‘smir yigit-qizlarga katta e’tibor qaratish zarur bo‘ladi.

Yana o‘qing:  “IXLOS XALOS”mi?

P.MAQSUDOVA,

P.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: