YOSH ISTE’DODLAR

ularni aniqlash, intilishlarini rag‘batlantirish asosiy maqsad

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan “Iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan festival va tanlovlar sarhisobi hamda yangi loyihalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, xususan, navqiron avlodni san’atga oshno etish orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, iste’dodli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida nufuzli xalqaro festival va tanlovlarda ona Vatanimiz shuhratini tarannum etib kelayotgan yoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda. O‘tgan 2014 yil – Sog‘lom bola yilida yurtimiz o‘quvchilaridan 10 nafari yirik xalqaro musiqa va san’at festivallarida gran prini, 60 nafari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani buning yaqqol tasdig‘idir.

Anjumanda yoshlar kamolotiga yo‘naltirilgan loyihalar ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Joriy yilda “Shodlik navolari”, “San’at qaldirg‘ochlari”, “Xalq raqslari ijrochilari” festivallari, “Xush kayfiyat” va “Ijodimiz senga, Vatan!” tanlovlari, “Ijodkor yoshlar oromgohi” kabi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

V.PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Yekaterina Fetisova Argentinaga boradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: