SAN’AT YO’NALISHIDA YANA BIR FESTIVAL
Joriy yilning 17-18 yanvar kunlari Milliy san’at galereyasida ‘‘Hande made in Uzbekistan’’ an’anaviy san’at festivali bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davom etgan mazkur festivalda yurtimizning barcha viloyatlaridan 150 nafardan ortiq hunarmand usta o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.
Festivalda nafaqat hunarmandlar, balki turli viloyatlarning folklor guruhlari hamda qo‘g‘irchoq teatrlari jamoalari o‘z tomoshalari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
‘‘Hande made in Uzbekistan’’ festivali doirasida chinnisoz usta Rustam Yakubovning shaxsiy ko‘rgazmasi taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, dizaynerlarning milliy liboslar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
D.MURODOVA