“SOG‘LOM AVLOD” MUXBIRIMAN

“Sog‘lom avlod” tahririyatining eshigini taqillatib kelgan ilk kunlarimni eslayman. Bola ko‘zlaridek tiniq va toza orzu-xayollar bilan kelgandim o‘shanda. Niyatim shu nufuzli tahririyatda ishlash, qalamimni charxlash, ustoz jurnalistlardan soha sirlarini o‘rganish edi. Niyatimga erishdim. Ishga qabul qilindim. Universitetdagi tahsildan so‘ng bir necha tahririyatlarda faoliyat yuritdim. Hozir esa u yoki bu tahririyatning bir-biridan farqli jihatlari xususida emas, balki ayni shu “Sog‘lom avlod” jamoasining birdam, hamfikr va ahilligi tufayli erishayotgan yutuqlari haqida to‘xtalishni joiz topdim.

Bilasizmi, kasbim taqozosi bilan ko‘p hududlarga bordim. U yerning odamlari bilan suhbatda bo‘ldim. Goh tashkilotlardan ma’lumot olgani borsam, goh xizmat safarlarida ko‘pgina yurtdoshlarimiz bilan uchrashdim, tanishdim, o‘y-fikri bilan qiziqdim. Erishayotgan yutuqlarining sir-asrorlarini so‘radim, o‘rgandim. Yozdim. Odamlardagi dunyoqarashning keskin o‘zgargani, hamma nimadir yangilik qilish ishtiyoqida yashayotganini ko‘rdim. Mehnat qilayotgan kishilarning farovon turmush tarziga havasim uyg‘ondi. Atrofga razm soldim. O‘zimning jamoadoshlarimni kuzatdim. Ular ham tinim bilmay mehnat qilishayapti. Tinmay yozishayapti. Eng dolzarb mavzularni qalamga olishayapti. Yil so‘nggida, “g‘alvirni suvdan ko‘tarar ekanmiz”, 2014 yil yurtimiz tarixida zarhal harflar bilan yozsa arzigulik voqealarga boy bo‘lganini ko‘rish mumkin. Vatandoshlarimiz jahon va mamlakatimiz miqyosida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Shular qatorida birgina bizning jamoamiz xodimlarining mehnati ham munosib baholanib, joriy yilda tahririyatimiz xalqaro “Oltin qalam” tanlovi IX Milliy mukofoti bilan taqdirlandi. Bir nafar ustoz hamkasbim shu tanlov sovrindori bo‘lgan. Deyarli barcha ijodiy xodimlarimiz respublika tanlovlarining g‘oliblari safidan joy olgan. Qiziq, ular qanday ulgurishyapti bunga? Demak, ulgursa bo‘larkan-da.

Ha, odam qilgan ishni odam qila oladi. Jurnalist ham dehqonday gap. Uning yeri – gazeta. Nasib etsa, men ham nufuzli tanlovlarda g‘olib bo‘laman. Ustozlarim ishonchini oqlayman, el-yurt orasida halol mehnatim bilan obro‘ qozonib, ota-onamning yuzini yorug‘ qilaman. Buning uchun menda hamma narsa yetarli. Chunki men “Sog‘lom avlod” gazetasi muxbiriman.

Bahodir HALIMOV

Yana o‘qing:  “QO‘ZICHOQ” SALATI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: