Vatan
Shaharlar bag‘rida ko‘rkam minorlar,
So‘lim saharlarda kulgan rayxonsan.
Necha yoz, necha kuz, qishu bahorlar,
Chiroyga burkangan ey, ozod Vatan.
Buyuklar iziga mosdir izimiz,
Shiddat-shaxdimiz o‘t, maqsad pok zotan.
O‘zbekligimizdir baxt yulduzimiz,
Mardlikka o‘rgangan ey, ozod Vatan.
Muqaddas zaminim, ota makonim,
Hilpirar bayrog‘ing, tinchlikka konim,
To‘qson ikki daryo – tomirda qonim,
Orimsan, jo‘sh urgan ey, ozod Vatan.
Nigora JUMAYeVA