KO‘ZI OJIZLAR UCHUN SMARTFON

Sheffild universitetining sanoat dizayni fakulteti talabasi ko‘zi ojizlarga mo‘ljallangan “Shikun Sun” deb nomlanuvchi smartfon konseptini ishlab chiqdi. Qurilmada Brayl harflaridan foydalaniladi. Uning yordamida qo‘ng‘iroq qilish, xabar jo‘natish, messenjer, ilovalardan foydalanish va musiqa tinglash mumkin.

Telefon ikkita qismdan iborat. Birinchi qismi klaviatura bo‘lib, unda 35 qatorli Brayl alifbosi joylashgan. Ikkinchi qismi esa sensorli ekrandan tashkil topgan va ekrandagi menyuga turtib chiqqan belgilar joylashtirilgan. Foydalanuvchi menyudagi yorliqchalarni barmog‘i yordamida o‘ziga moslab joylashtirishi mumkin.

Zamonaviy 3D ekran orqali smartfon grafik ma’lumotlarni barmoq yordamida sezish hamda matnlarni Brayl shriftiga aylantirib, o‘qish imkonini beradi.

Foydalanuvchi batareya quvvati qancha qolganini yon tomondagi beshta nuqtani paypaslab bilishi mumkin, bunda quvvat ozayishi bittadan nuqtaning yo‘qolishi bilan belgilanadi.

Yana o‘qing:  SALOMATLIK YO’LIDAGI OGOHLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: