ENERGIYa ISHLAB ChIQARUVCHI “ShAMOL DARAXTI”

“Shamol daraxti” Jerom Misho-Lariverning “New Wind” kompaniyasida ishlab chiqildi. Uning jamoasi “Wind Tree” prototipini Parijdagi Murosa maydoniga 2015 yil mart oyigacha o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Ilk prototip Fransiya shimoli-g‘arbidagi Plyumer-Bodu kommunasidagi bog‘ga o‘rnatildi.

Po‘lat sinchli daraxtning balandligi 11 metr, diametri 8 metrga teng. Undagi 72 ta sun’iy yaproq vertikal o‘qda aylanuvchi mikroturbina vazifasini bajaradi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, hattoki soniyasiga 2 metr tezlikda esuvchi shamol ham daraxtga qo‘l kelishi mumkin. Miniturbinalarning umumiy quvvati 3,1 kVtga teng.

Ixtiro ko‘cha chiroqlarini quvvat bilan ta’minlashi yoki elektr mashinalar uchun quvvat stansiyasi vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan.

Qurilmaning mukammallashtirilgan varianti tabiiy toladan ishlangan barglar, geotermal generator ko‘rinishidagi ildiz va fotoelementlardan iborat po‘stloqqa ega bo‘ladi.

Yana o‘qing:  QULAY SHAROIT, YAXSHI MUHIT, KELAJAKKA TARADDUD

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: