O‘ZBEKISTON KELAJAGI – YOSHLAR QO‘LIDA
O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boshqaruv akademiyasi, “Kamolot” YOIH Markaziy kengashi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti homiyligida o‘tkazildi.
Tanlovda respublika bosqichiga yetib kelgan O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining – “Katarsis”, Farg‘ona Davlat universitetining – “Sarbon”, Qarshi Davlat universitetining – “Adolat”, Toshkent Moliya institutining – “Istiqlol farzandlari”, Urganch Davlat universitetining – “Al-Xorazmiy vorislari” jamoalari o‘zaro bahslashishdi. Mazkur tanlov “Yoshlar ovozi”, “Hozirjavoblik”, “Sahnada tafakkur sinovlari”, “Muammo va yechim” hamda “Yoshlarga oid davlat siyosatida olib borilayotgan ishlar” kabi 5ta shart bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti, 2– o‘rinni Farg‘ona Davlat universiteti, 3-o‘rinni esa Toshkent Moliya instituti talabalari egalladi. G‘oliblarga homiylar va o‘zlari tahsil olayotgan oliy o‘quv yurtlari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Xurshida HUSENOVA