Pahlava

Qish faslida ertalabki nonushtaga qaynoq choy bilan mazali shirinlik yeyishga nima yetsin. Tanovul qilgan taomingiz qorinni to‘q tutib, kayfiyatingizni ko‘tarsa, kuni bo‘yi quvnoqlik sizni tark etmaydi. Biz tavsiya qilmoqchi bo‘lgan shirinlik to‘yimliligi va xush ta’mi bilan sizga yoqishi shubhasiz.

Kerakli masalliqlar: 500 gramm un, 150 gramm sut, 150 gramm smetana yoki mayonez, 5 gramm xamirturush, 3 osh qoshiq shakar, bir chimdim tuz, 2 dona tuxum (1 donasining sarig‘i olib qo‘yiladi), 100 gramm eritilgan margarin.

Masalliq uchun: 180-200 gramm yong‘oq, 1 stakan shakar kukuni, yuza qismi va xamir orasiga surtish uchun 100 gramm asal, 50 gramm qaynoq suv, 50 gramm eritilgan margarin.

Tayyorlanishi: Iliq sutga shakar, tuz va xamirturush solib, 15 daqiqa iliq joyga qo‘yiladi. Tayyor bo‘lgan aralashmaga tuxum, margarin, smetana, un solib yumshoq xamir qoriladi. So‘ng, xona haroratida 1,5 soat tindiriladi.

Shirinlik orasiga(nachinka) uchun, yong‘oq quruq tovada yaxshilab qovurib olinadi. Sovugach, go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi va shakar kukuni qo‘shib aralashtiriladi. Tindirilgan xamir 10 bo‘lakka bo‘linadi. Bitta zuvala katta va yupqa qilib yoyiladi. Yog‘langan listga joylab ustidan eritilgan margarin yupqa qilib surtib yong‘oq sepiladi. Ustiga yana bitta yoyilgan xamir joylanadi. Shu tariqa oxirigacha taxlab chiqiladi. Oxirgi xamir bilan paxlavaning yonlari ham yopib chiqilib, tuxum sarig‘i surtiladi va 180-200 darajada yarim soat pishirib olinadi.

Suv bilan asal yaxshilab aralashtiriladi va paxlava ustiga yarmi quyiladi. Yana usti qizargunicha pishirib olinadi hamda sovutishga qo‘yiladi.

Tanovul qilishdan oldin qolgan asalli sirop ham shirinlik ustiga suriladi. Keyin uni romb yoki to‘rtburchak shaklida kesib, likopchalarda dasturxonga tortishingiz mumkin.

Guli NOZ tayyorladi

Yana o‘qing:  Foydali sharbatlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: