OILAMIZ MUSTAHKAM, SPORTGA OSHNO HAR DAM

Toshkent Aloqa kollejida O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan “Oilamiz mustahkam, sportga oshno har dam” shiori ostida madaniy-sport tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda tizimdagi tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari o‘zaro kuch sinashdi.

Tadbirning birinchi bellashuvida ishtirokchi oilalarning nafaqat sportga qiziqishlari, balki ularning intellektual salohiyatlari, ma’naviy dunyoqarashi, uddaburonligini namoyon etish talab etildi. Tadbirning ikkinchi qismi esa sport musobaqalariga qaratildi. Oilalar to‘rtta sport shartlarida o‘z kuchlarini sinab ko‘rdilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra birinchi va ikkinchi o‘rinlarni “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyining ishtirokchilari Azimovlar hamda Do‘smatovlar oilasi qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin esa “G‘ofur G‘ulom” nashriyot-matbaa ijodiy uyining Qodirjonovlar oilasiga nasib etdi.

Musobaqada ishtirok etgan oilalar O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Z.MAMATQULOVA

Yana o‘qing:  “SALOMATLIK – 2020”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: