POLVONLARIMIZ OLTIN MEDAL SOHIBI
Tailandning Pxuket shahrida davom etayotgan Osiyo sohil o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Nufuzli musobaqada qit’aning 36 davlati vakillari sportning 28 turi bo‘yicha bahslashmoqda. Kurash bo‘yicha 73 kilogrammgacha vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz Davlat Abrayev iroqlik Jasim Hamid, Xitoy Taypeyi vakili Chang-Chin Chuang va eronlik Hodi G‘animiyni mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi. 81 kilogrammgacha vazn toifasida qatnashgan Sardor To‘xtashev finalda eronlik raqibi Ahmad Salimni yengib, oltin medal sohibi bo‘ldi.
Ayni paytda delegatsiyamiz a’zolari hisobida 2 ta oltin, 5 ta bronza medali bor.