DENIS ISTOMIN ATP REYTINGIDA 7 O‘RINGA YUQORILADI
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ATPning yangi reytingida o‘z mavqeini 7-o‘ringa yaxshilab oldi.
So‘nggi reyting natijalariga ko‘ra O‘zbekistonning eng yaxshi tennischisi jahonning eng kuchli 48-raketkasi bo‘lib turibdi.
O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov esa 6 o‘rin yo‘qotib, 148-o‘ringa tushib ketgan.
E’tiborli tomoni Do‘stov Slovakiyadagi sovrin jamg‘armasi 85 ming dollar bo‘lgan “Chellenjer” musobaqasida muvaffaqiyatli qatnashishi bilan o‘z mavqeini yaxshilab olishi mumkin.
Musobaqaning birinchi turida Do‘stovga vengriyalik Jiri Veseli (jahonning 69-raketkasi) raqiblik qiladi.